Oltinsoy tumanining “To‘xtamish” mahallasida Vaxshivorsoy ustidan qurilgan yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi. Loyiha Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grant mablag‘lari asosida amalga oshirildi.
Ko‘prik qurilishida tuman hokimligi, mahalla faollari va homiylar ham faol ishtirok etdi. Ochilish marosimida senatorlar, mahalliy rahbarlar hamda deputatlar qatnashdi.
Mazkur ko‘prik hudud aholisi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, transport qatnovini yengillashtiradi, xavfsiz harakatni ta’minlaydi va mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

