Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Bobom Amir Temur Sohibqirondir” insholar tanlovida Termiz davlat universiteti talabasi Shaymurova Farzona faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur yutuq nafaqat talabaning shaxsiy muvaffaqiyati, balki universitet jamoasining ham yutug‘i sifatida e’tirof etilmoqda. Tanlov esa yoshlar orasida tarixiy merosga hurmat, milliy o‘zlikni anglash va mustaqil fikrlashni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Sohibqiron Amir Temur siymosiga bo‘lgan yuksak ehtirom yoshlar qalbida yana bir bor yorqin namoyon bo‘ldi.

