Eski maktab — yangi qiyofada

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori asosida, Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda.

Loyiha doirasida “Darband” mahallasidagi 39-sonli maktab rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 120 o‘rinli o‘quv binosi hamda 50 o‘rinli zamonaviy oshxona barpo etilmoqda. Hozirda qurilish ishlari jadval asosida olib borilib, binoning birinchi qavati tiklanib, ikkinchi qavat qurilishi davom etmoqda.

Mazkur yangilanishlar natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratiladi. Bu esa qishloq hududlarida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun