Balx viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi va G‘azanfar Muhammad Ibrohim, shuningdek, O‘zbekistonning Mazori Sharif shahridagi Bosh konsuli Jafar Fattoyev ishtirokida Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksport-import hajmini oshirish va farmatsevtika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlash hamda to‘qimachilik sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish va hududlararo iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida kelgusida aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amaliy hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

