Termiz shahrida BMT qo‘shma dasturi doirasida “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” loyihasi asosida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yuksalish harakati, UNICEF va UNDP hamkorligida tashkil etildi.
Seminar ishchi formatda o‘tkazilib, Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida ishlab chiqilgan strategik rivojlanish rejalarini Natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv (RBM) asosida takomillashtirishga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar KPI, byudjet bog‘liqligi, monitoring va hisobdorlik mexanizmlarini tahlil qildi, RBM yondashuvlarini mahalliy boshqaruvga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqdi.
Seminar natijalari pilot hududlarda mahalliy boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, qaror qabul qilishda ochiqlikni oshirish va yoshlar hamda bolalarning manfaatlarini hisobga olgan inklyuziv rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

