Zamonaviy va samarali model

Date:

“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi hududlar rahbarlari uchun tashkil etilgan 5 kunlik o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda 33 ta tuman va shahar hokimlarining ijtimoiy soha bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

Dastur davomida hududlarda yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, ijtimoiy sohani rivojlanish drayveriga aylantirish, davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish hamda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, yirik loyihalar misolida ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar. Yakunda ularga sertifikatlar topshirilib, o‘z hududlarida samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Mazkur dastur hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash va zamonaviy, natijador boshqaruv tizimini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun