Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi ijrosi bilan tanishish hamda yigit-qizlarga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadidagi o‘rganishlar qizg‘in davom etmoqda. Respublika komissiyasi aʼzolari Termiz davlat universitetida bo‘lib, talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berdilar. Shundan so‘ng, universitetning Ilmiy-tadqiqot markazida talaba-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, xususan, sunʼiy intellekt asosida joriy etilgan boshqaruv tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev universitet yoshlarning startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. E’tiborlisi, kelajagi porloq bo‘lgan eng istiqbolli biznes g‘oyalar va loyihalar Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Yoshlar venchur fondi orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi belgilab olindi.

Shu bilan bir qatorda, talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda yigit-qizlarning kelajakdagi muhim rejalari atrofida qizg‘in suhbat olib borildi. Viloyat hududidagi o‘quv markazlari hamda kitob do‘konlarida faoliyat olib borayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlar bilan samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushbu muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda bu borada aniq tizimni shakllantirish yuzasidan muhim va amaliy tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi. Viloyatdagi o‘quv markazlari, nashriyot hamda kitob do‘konlari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etilib taklif va murojatlari tinglandi.

Respublika ishchi guruhi Termiz shahrida joylashgan “Namuna” mahallasida 6 nafar yoshlarga ajratilgan 1 gektar 68 sotix yer maydonida yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar faoliyat bilan tanishishdi.

Yoshlarimiz tomonidan issiqxonada ekilgan mahsulotlarning turlari va kengaytirish masalalari boʻyichaq reja tuzib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun