Milliy san’atimiz porlayapti

Date:

Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Sharq gavhari” II xalqaro ko‘rik-tanlovi milliy madaniyat va san’atimizni targ‘ib etishda muhim maydonlardan biri sifatida yana bir bor o‘z ahamiyatini namoyon etdi. Ushbu nufuzli tanlovda Termiz davlat universiteti talabasi, “Jayxun” folklor-etnografik xalq ansambli a’zosi Go‘zal Mardayeva faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritib, yurtimiz san’at ixlosmandlari qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Mazkur yutuq nafaqat bir talabaning muvaffaqiyati, balki milliy qadriyatlarimiz, boy folklor merosimiz va an’anaviy san’atimizning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yorqin ifodasidir. Ayniqsa, yosh avlodning ana shunday tanlovlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishayotgani milliy madaniyatimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanidan dalolat beradi.

“Sharq gavhari” kabi xalqaro tanlovlar turli xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va milliy san’at durdonalarini keng jamoatchilikka yetkazishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Go‘zal Mardayevaning ushbu muvaffaqiyati esa nafaqat Termiz davlat universiteti, balki butun mamlakatimiz san’at sohasi uchun katta yutuq sifatida e’tirof etiladi.

Bu kabi yutuqlar yoshlarni milliy merosimizni asrab-avaylash, uni rivojlantirish va dunyoga tanitishga undaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navbatdagi manzil — Surxondaryo

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...
KunTun
KunTun