Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari “Diodima Vostoka” firmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga eksport qilinmoqda.
Mazkur eksport jarayoni hududda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati yuqori ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bilan birga, fermerlar daromadini oshirish hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kelgusida eksport hajmini yanada oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

