Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish jihozlari topshirilib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun amaliy yordam ko‘rsatildi. Jihozlar yoshlarning qiziqishi va tanlagan yo‘nalishidan kelib chiqib berildi.
Mazkur tashabbus yoshlarning kasb-hunar bilan shug‘ullanishi, mustaqil daromad topishi va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga zamin yaratadi. Bu esa ularning ijtimoiy faolligini oshirib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan jarayon ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.

