Kelajak kitoblar ila yuksalar

Date:

“Ziyoli kelajak” loyihasi doirasida Yuksalish harakatining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi hamda Shaxnoza Kuldashova hamkorligida Sherobod tumanidagi “Guliston” mahallasida joylashgan 55-sonli maktab kutubxonasi uchun muhim xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Tashabbus doirasida kutubxonaga 80 dan ortiq badiiy adabiyotlar, bolalar uchun mo‘ljallangan asarlar hamda turli yo‘nalishlardagi ensiklopediyalar taqdim etildi. Ushbu kitoblar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va mutolaa madaniyatini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbir davomida yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va zamonaviy bilimlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tashkilotchilar tomonidan bu kabi tashabbuslar kelajakda ham davom ettirilishi, ayniqsa, chekka hududlardagi ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi.
Mazkur loyiha yosh avlod uchun yanada qulay va boy ta’lim muhitini yaratish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kelajakda yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun