Yangi zavod qurilishiga start berildi

Date:


Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Bandixon tumanida yirik loyiha boshlandi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashrifi davomida Termiz erkin iqtisodiy zonasining Bandixon filialida yangi korxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

“Quyoshim” MCHJ tomonidan Rossiyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida bolalar ozuqasi va meva sharbatlari ishlab chiqarish zavodi barpo etiladi. 5 gektar maydonda quriladigan mazkur korxonaning umumiy qiymati 50 million AQSH dollarini tashkil etib, 200 ta yangi ish o‘rni yaratadi.

Ushbu loyiha hudud sanoat salohiyatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun