Mahalla idorasi foydalanishga topshirildi

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Kakan” mahallasida “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida hashar yo‘li bilan mahalla idorasi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Ta’kidlash joizki, mahalla ahli, faollar va yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, hashar tadbirida faol ishtirok etishdi. Qisqa muddat ichida binoda ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

— Yangi ta’mirlangan mahalla idorasi “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi, -deydi mahalla raisi Nurmuhammad Nazarov. -Bu yerda fuqarolar bilan uchrashuvlar, murojaatlarni qabul qilish va turli tadbirlarni o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Albatta, hashar xalqimizni birlashtiradigan, ahillikni mustahkamlaydigan qadriyatlarimizdan biridir. Mahallani ochilish marosimida iftorlik tadbiri ham tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun