Er yigitlar maydonda

Date:


Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida xalqimizning qadimiy an’ana va qadriyatlarini tarannum etuvchi uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi. Tuman hokimligi tashabbusi hamda hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilgan tadbir bayram saylining eng qizg‘in va tomoshabop lahzalaridan biriga aylandi.

Ko‘pkari — xalqimizning azaliy o‘yinlaridan biri bo‘lib, unda mardlik, jasorat, epchillik va qat’iyat kabi fazilatlar namoyon bo‘ladi. Shu bois bu o‘yin azaldan “er yigitlar o‘yini” sifatida e’zozlab kelinadi.

Musobaqada tumanning turli hududlaridan hamda qo‘shni tumanlardan kelgan chavandozlar o‘z mahoratini namoyish etdi. Polvonlar o‘rtasidagi bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, ko‘plab tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Navro‘z sayli doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar milliy urf-odat va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun