Hashar birlikka chorlar

Date:

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Mahalla ahli, nuroniylar, yoshlar hamda turli tashkilot vakillari birlashib, ko‘chalarni tozalash, daraxtlarni parvarishlash, ko‘chat va gullar ekish kabi obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Hashar jarayonida milliy qadriyatlarimiz ham o‘z aksini topmoqda. Doshqozonlarda sumalaklar damlanib, palovlar pishirilmoqda. Bu esa xalqimizning azaliy an’analari, mehr-oqibat va hamjihatlik ramzi sifatida hashar tadbirlariga yanada fayz bag‘ishlamoqda.

Bunday ezgu tadbirlar nafaqat hududlarimizni obod qiladi, balki milliyligimiz, qadriyatlarimiz va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun