Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, hududda infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosini o‘rgandi.

Dastlab “Ismoiltepa” mahallasidagi issiqxonalar faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida ayrim issiqxonalar uchun yer maydonlari va bank kreditlari ajratilganiga qaramay, ulardan samarali foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Bu holat bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi va eksport ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, “Termiz Jayxun limonzori” MChJga qarashli 25 gektar issiqxonada gullar hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari ko‘chatlari yetishtirish jarayonlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari samarali tajribani boshqa issiqxonalarda ham joriy etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Keyinchalik “Boymoqli” mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi. Mahallada ichimlik suvi ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, ayrim ko‘chalarda tosh-shag‘al qoplamasi yotqizilmagani, eskirgan elektr ustunlari yangilanmagani va tadbirkorlik loyihalari sustligi qayd etildi. Mas’ullarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Tashrif yakunida “Markaziy Surxon” mahallasida barpo etilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi bilan tanishilib, loyihalarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun