Ilk pasportlar tantanali topshirildi

Date:

Termiz tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yosh qizlarga ilk pasportlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda bir guruh qizlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda tuman ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mutasaddilari yoshlarni bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Ilk pasportini qo‘lga kiritgan yoshlar uchun bu quvonchli lahzalar unutilmas voqeaga aylandi. Bunday tadbirlar yosh avlodda fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Daromad va ibrat

Aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish bugungi kunda...

Yoshlar va sun’iy intellekt

Termiz shahrida Umummilliy AI Hackathon rasmiy ochilish marosimi va...

Mini-transport uchun ham guvohnoma

Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi nafaqat...

Ustoz-shogird an’anasi asosida

Angor tumanining “Yangiobod” mahallasida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi”...
KunTun
KunTun