Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Date:

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va savdo-xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston–Tojikiston chegarasi hududida 6 gektar maydonda Tech Reserved tomonidan barpo etilayotgan logistika markazi qurilishi bilan tanishdi. Mazkur loyiha tashqi savdo infratuzilmasini mustahkamlash, yuk tashish xizmatlarini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Samo Mehr Ko‘chatchilik hududida “Ko‘chatchilik maktabi”ni tashkil etish rejasi ko‘rib chiqildi. Hozirda xo‘jalikning 10 gektar maydonida 40 dan ortiq turdagi meva va manzarali ko‘chatlar yetishtirilmoqda. Loyiha sohani tizimli rivojlantirish va aholi bandligini oshirishga qaratilgan.

Tashrif davomida Mirzo Ulug‘bek mahallasida barpo etilayotgan “Sariosiyo city” turar joy massivi qurilishi ham ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida 9 qavatli 4 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalar hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun