“Men kuchli ayolman”

Date:

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik tadbirlari doirasida keng qamrovli uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda viloyat va shahar mutasaddilari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, mahalla faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, oilaviy zo‘ravonlik hamda kiberjinoyatlardan ogohlik masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarga targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Shuningdek, 2026-yil 1-martdan 1-aprelga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida shaharda xonadonma-xonadon o‘rganishlar va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda.

Mazkur tashabbuslarning asosiy maqsadi — jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun