Maqsadni ko‘rsatish majburiy

Date:

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda karta-dan karta-ga P2P o‘tkazmalarda o‘tkazma maqsadini majburiy tanlash tartibini joriy etdi. Foydalanuvchi 16 ta toifadan birini tanlashi kerak: savdo to‘lovi, ovqatlanish, qarz, yordam puli, oila, sovg‘a, ijara, kommunal, ta’lim, tibbiy xarajatlar va boshqalar.

Markaziy bankning izohiga ko‘ra, bu yangilanishlar faqat texnik xususiyatga ega bo‘lib, servis ishini takomillashtirish va tranzaksiyalarni to‘g‘ri qayta ishlashga qaratilgan. Foydalanuvchi ma’lumotlari uchinchi shaxslarga berilmaydi, tranzaksiyalar tartibi o‘zgarmaydi va hech qanday to‘lov cheklovi joriy qilinmaydi.

Mazkur yangilik foydalanuvchilarga pul o‘tkazmalarini aniq va xavfsiz amalga oshirish imkonini oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun