Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Date:

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Yangi tartiblar ijtimoiy yordamlarni yanada shaffof, manzilli va nazoratli mexanizm asosida ajratishni nazarda tutadi.

Endilikda “Yoshlar daftari”ga 14–30 yoshdagi Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar a’zolari (12 turdagi yordamdan biri uchun), shuningdek oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oshmagan yoshlar (davolanish yordami uchun) kiritiladi.

Qarorga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari orqali ajratiladigan 12 turdagi ijtimoiy yordamlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Yoshlar yagona elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi. Yordam oluvchi yoshlar bilan ijtimoiy shartnoma tuziladi va uning bajarilishi elektron platforma orqali avtomatik monitoring qilinadi.

Shuningdek, shartnoma talablarini yuqori darajada bajargan yoshlarni rag‘batlantirish, yordamni shartnoma ijrosiga qarab ajratish hamda yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartiblari belgilandi.

Mazkur o‘zgarishlar ijtimoiy ko‘makni aniq ehtiyojmand yoshlarga yetkazish, ularning mas’uliyatini oshirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaUstamasi bor
Keyingi sahifaYangi ko‘prik quriladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun