Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yil yakuniga qadar Muzrabot tumanida 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasini yakunlash, shuningdek, tuman markazida kanalizatsiya tarmoqlarini barpo etishni boshlash vazifasi belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisi Axmad Suvankulov Muzrabot tumanida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi.

Loyiha doirasida 479,2 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari quriladi, 18 ta suv taqsimlash inshooti qurish va rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, umumiy quvvati sutkasiga 24,3 ming kub metr bo‘lgan 2 ta ichimlik suvi olish inshooti barpo etilib, 9 686 ta suv hisoblash uskunasi o‘rnatiladi.

Qurilish ishlari to‘liq yakunlangach, 26 ta mahallada yashovchi 56 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, yana 54 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun