Qishloq xo‘jaligida samaradorlik

Date:

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mavsumiy ishlari jadallashib, agrotexnik tadbirlarning ijrosi tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini joyida o‘rgandi.

Videokonferensaloqa orqali tumanlardagi holat muhokama qilinib, g‘alla maydonlarini o‘z vaqtida parvarishlash, o‘g‘itlash va sug‘orish samaradorligi, chigit va kartoshka ekish, shuningdek dala chetlariga mevali ko‘chatlar ekish ishlari yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shu bilan birga, irrigatsiya infratuzilmasini yaxshilash, yer tekislash, sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar barpo etish hamda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, har bir gektardan yuqori hosil olish asosiy maqsad etib belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun