Xurmodan qo‘shimcha qiymat

Date:

Uzun tumanida xurmo mevasini quritish va undan mayiz tayyorlash bo‘yicha amaliy taqdimot tashkil etildi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan fermer va tadbirkorlarga xalqaro standartlarga mos, eksportbop hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayniqsa, Yaponiya bozorida yuqori sifatli quritilgan xurmoga talab yuqori. Xom mahsulotni chuqur qayta ishlash orqali daromadni bir necha barobar oshirish, mahsulot tannarxini optimallashtirish va eksport geografiyasini kengaytirish mumkin.

Tuman hokimi Xabibulla Bozorov o‘z nutqida Uzun xurmo yetishtirishga ixtisoslashgani, aholining bu borada boy tajribaga ega ekanini ta’kidlab, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanini qayd etdi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Mazkur tashabbus hududda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun