Sog‘lom turmush sari…

Date:

Angor tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda tuman tashkilot va muassasalari xodimlari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.

Shuningdek, markaziy o‘yingoh hududida ertalabki badantarbiya mashqlari va sport chiqishlari tashkil etilib, ishtirokchilarga sog‘lom hayot tarzining ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.

Bunday tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom va faol hayot tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun