Sohalar rivoji nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrif buyurib, infratuzilma va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqbolli loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida tumanning kirish qismida ramziy stella, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari, yo‘l bo‘ylarida yashil maydonlarni kengaytirish ishlari o‘rganildi. Shuningdek, Takiya ota ziyoratgohida qulay shart-sharoitlar yaratish, kollektorlarni zamonaviy usulda yopish va yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

36-maktabda ta’lim sifati va shart-sharoitlar tahlil qilinib, maktabni ta’mirlash va o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Tumanda ko‘p qavatli uylar qurish, bo‘sh binolarda tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish va yangi istirohat bog‘ini tashkil etish bo‘yicha taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Tashrif natijalari tumanda infratuzilma, ta’lim va tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududni obod qilishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun