Salohiyati sinashta bo‘ldi

Date:

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari hamda kuch tuzilmalari vakillaridan iborat 12 ta jamoa o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Tadbir yoshlar orasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish hamda Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqurroq targ‘ib etishga xizmat qildi.  Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida Termiz davlat universiteti jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun