Bilim va iqtidor tantanasi

Date:

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan o‘tkazilgan AIFU matematika olimpiadasining respublika bosqichida Surxondaryo viloyati o‘quvchilari yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, viloyatimiz ta’lim salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar.

Termiz shahridagi 14-maktab o‘quvchisi Anvarov Javohir olimpiadada 1-o‘rinni egallab, 3 400 000 so‘m pul mukofoti va 100 foiz grant sohibiga aylandi. Shuningdek, ushbu maktabning yana bir o‘quvchisi O‘ralov Elshod 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 2 900 000 so‘m pul mukofoti hamda 50 foiz grant bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuqlar yoshlarimizning aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishi, puxta bilim va izchil mehnati samarasi bo‘lib, Surxondaryoda ta’lim sifati va iqtidorli o‘quvchilar salohiyati tobora yuksalayotganidan dalolat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun