Bugunning dolzarb vazifasi

Date:

Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida tumanimizda o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” tadbirlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi muhim profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida yoshlar tuman fuqarolik sudiga tashrif buyurib, sud faoliyati, oilaviy nizolarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ajrimlarning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari bilan yaqindan tanishdilar. Fuqarolik sudi raisi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda oila muqaddasligi, er-xotin mas’uliyati hamda ajrimlarning farzandlar hayotiga salbiy ta’siri alohida ta’kidlandi.

Savol-javob va fikr almashuv tarzida o‘tgan uchrashuv yoshlarning oilaviy hayotga ongli va mas’uliyat bilan yondashuvini kuchaytirishga xizmat qildi. Mazkur tadbir mustahkam va barqaror oilalarni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun