Sog‘lom hayot sari 5 ming qadam

Date:

Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda eng oddiy, ammo samarali jismoniy faollik — piyoda yurish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislar fikricha, har kuni muntazam yurish inson salomatligini mustahkamlab, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi, ruhiy holatni yaxshilaydi hamda umumiy hayot sifatini oshiradi. Shu bois, aholi o‘rtasida piyoda yurishni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar tobora keng tus olmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Qumqo‘rg‘on tumanida erta tongda tashkil etilgan “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” marafoni bo‘ldi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari N. Allanazarov, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari, tashkilot va korxona vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Marafon doirasida ishtirokchilar “Alpomish” sport majmuasida belgilangan 5 ming qadam masofani piyoda bosib o‘tdilar. Shuningdek, tadbir davomida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilib, qatnashchilarga sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berildi.

Oldingi sahifaDorilar arzonlashadi
Keyingi sahifaTerDU vakili g‘olib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun