Muddat aniq, jazo qat’iy

Date:

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlanadigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlandi. Shuningdek, ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash muddatlari ham aniq belgilandi.

Yangi tartibga muvofiq, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish, belgilangan tezlikni soatiga 20 kilometrgacha oshirish, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish kabi holatlar foto va videoqayd qurilmalari orqali qayd etiladi.

Qoidalarga ko‘ra, agar huquqbuzarlik foto yoki video qayd etish vositalari orqali aniqlansa, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oy ichida qo‘llanadi. Qaror ustidan shikoyat berilgan taqdirda esa jazo bir yil muddatdan kechiktirmay qo‘llanishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun