Bolajonlar kelajagi yo‘lida

Date:

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish hamda ularning intellektual va jismoniy rivoji uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. So‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hududlarda o‘z samarasini bermoqda. Ana shunday ijobiy tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida Oltinsoy tumanida yana bir zamonaviy ta’lim maskani foydalanishga topshirildi.

Tumanning “Gulobod” mahallasida 100 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda ochildi. Yangi bog‘cha kichkintoylar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida bugungi kun talablariga to‘liq mos holda barpo etilgan. Unda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy o‘quv xonalari, yotoq va ovqatlanish joylari, shuningdek, ochiq o‘yin maydonchalari tashkil etilgan.

Mazkur loyiha hududda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda ota-onalar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. Bu esa bolajonlarning ilk bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi, sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishiga mustahkam zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun