Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Date:

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504 o‘rinli o‘quv binosi, 222 o‘rinli yotoqxona hamda zamonaviy sport zalini o‘z ichiga olgan ixtisoslashtirilgan maktab-internati barpo etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur obyektga tashrif buyurib, qurilish-ta’mirlash ishlari holati bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va keyingi bosqichlar bo‘yicha axborot berildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari belgilangan reja-grafikdan ortda qolayotgani qayd etilib, ishlarni jadallashtirish, sifat ko‘rsatkichlariga qat’iy rioya etish hamda obyektni barcha zarur infratuzilmalar bilan to‘liq ta’minlagan holda belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, viloyat rahbariga hududda amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joylar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar ijrosi haqida ham ma’lumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun