“Giyohvandlik — fojia”

Date:

Urganch harbiy prokuraturasi tergovchisi, adliya leytenantı B.Erkinov ishtirokida harbiy xizmatchilar bilan “Giyohvandlik — fojia” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — harbiy xizmatchilarga giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiy va jismoniy holatiga, shuningdek jamiyat xavfsizligiga salbiy ta’siri haqida tushuntirish berish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat edi.

Uchrashuv interaktiv tarzda o‘tib, xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir davomida giyohvand moddalarning ruhiy va jismoniy oqibatlari misollar bilan tushuntirildi.

Tadbir yakunida har bir harbiy xizmatchining giyohvandlikka qarshi kurashda shaxsiy mas’uliyati va jamoaviy hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.

Sardor Bebetov,

Termiz harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun