Tajribasi bir maktab

Date:

Muzrabot tumanining “Oriyat” mahallasida aholini barqaror daromad manbayiga ega qilish, tomorqalardan samarali foydalanish hamda issiqxonachilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi. Seminar Termiz tumani, “Qahramon” mahallasida yashovchi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, tajribali tadbirkor, dehqon xo‘jaligi rahbari Boboyor Xolboyev ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar davomida issiqxona sharoitida yetishtiriladigan pomidor, bodring, qalampir, bulg‘or qalampiri va ko‘katlarning serhosil navlari, ularni parvarishlash, hosildorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish hamda mahsulotlarni bozorga chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, tomorqalarda issiqxona qurish orqali yil davomida daromad olish va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, issiqxonachilik yo‘nalishida faoliyat boshlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Oldingi sahifaIqtidor yuz ochdi
Keyingi sahifaYoshlar marafonda faol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun