Topshiriq aniq, ijrosi muhim

Date:

Aholi bandligini ta’minlash va ularning turmush darajasini oshirish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Angor tumanida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi tashabbuslar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov “Yangiobod” mahallasi hududida joylashgan “Eko Samo Mebel” MCHJda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni nazorat qildi. Tashrif davomida aholini kasb-hunarga o‘qitish, ularni daromadli mehnat bilan ta’minlash mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda markaz faoliyatini samarali tashkil etish, o‘qitish yo‘nalishlarini hudud ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun