Ochiqlik va samaradorlik — muhim mexanizm

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda tashabbusli byudjet jarayonlarida “birgalikda moliyalashtirish” amaliyotini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Masala yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti siyosati departamenti bosh boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Choriyev ma’ruza qilib, mazkur qaror tashabbusli byudjet jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, moliyalashtirishni yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mahalliy byudjet va boshqa manbalar ishtirokida “birgalikda moliyalashtirish” mexanizmini joriy etish nazarda tutilgan bo‘lib, bu hududlarda ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni samarali moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun