Har oy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

Date:

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab beg‘araz qon donorligini rivojlantirish maqsadida har oy “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning 2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini takomillashtirishga doir qarorida belgilandi.

Aksiya doirasida har oyning birinchi haftasida qon topshirish tadbirlari qon bilan ishlash xizmati muassasalarida, uchinchi haftasida esa ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarda o‘tkaziladi. Mehnat jamoalari hamda ta’lim muassasalarida donorlikka bag‘ishlangan targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, tug‘ruq muassasalarida qon va uning tarkibiy qismlarining shoshilinch zaxirasi yaratiladi. 2026-yil 1-oktyabrdan qon mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi standartlar, 2027-yildan esa elektron hisob tizimi joriy etiladi.

Mazkur islohotlar orqali donorlar sonini va qon zaxirasini bir necha barobar oshirish, aholining hayotini saqlab qolish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun