Faol kitobxonlar mukofotlanadi

Date:

2026-yil 15-yanvarda qabul qilingan Prezidentning PQ–9-son qaroriga muvofiq, 2026–2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasini yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish maqsadi belgilandi. Mazkur qaror doirasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etish va rag‘batlantirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Qarorga asosan, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma mablag‘lari yosh yozuvchilar va bolalar adabiyotini qo‘llab-quvvatlash, iste’dodli mualliflarga bir yilgacha BHMning 50 baravari miqdorida oylik to‘lash, shuningdek xorijiy va milliy asarlarni tarjima qilish hamda nashr etish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Ish joylarida ham kitobxonlikni rag‘batlantirish kuchaytiriladi. Jumladan, kasbiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi, xorijiy kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilinadi, “Kitob burchagi” va “Kitob o‘qish soati” joriy etiladi hamda kitobxonlik reytingi yuritiladi. Eng ko‘p kitob o‘qigan xodim esa bir oylik maoshi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida ham faol kitobxonlar rag‘batlantiriladi. Eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 nafar o‘quvchi va talabaning har biri BHMning 25 baravari miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun