“Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Date:

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Biz tabiat uchun g‘amxo‘rmiz” shiori ostida “Chiqindi yig‘ish marafoni” tashkil etildi. Tadbir Boysun tumanining asosiy yo‘l qismlari atrofida o‘tkazilib, unda Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, yoshlar yetakchilari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Marafon davomida yo‘l yoqalari va jamoat joylari tozalanib, katta miqdordagi chiqindilar yig‘ib olindi. Ushbu tashabbus nafaqat hududning ekologik holatini yaxshilashga, balki aholida tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirish, yoshlar orasida ekologik ong va faollikni oshirishga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar atrof-muhitni muhofaza qilish, toza va obod muhitni saqlash yo‘lida jamoatchilikni birlashtirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun