Izlagan imkon topar

Date:

Hududlarda tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilash natijasida avval foydalanilmagan yer maydonlari va binolarda yangi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi loyihalari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Termiz tumaniga tashrifi doirasida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar faoliyati o‘rganildi. Jumladan, “Javohir Qurilish Namuna” MCHJ tomonidan tashkil etilgan issiqxonada eksportbop qulupnay yetishtirish, “Chori bobo Market” MCHJning restoran va to‘yxona xizmatlari loyihasi qurilishi hamda “Norxamid bobo” fermer xo‘jaligi tomonidan mavjud ko‘l hududida dam olish maskani barpo etish loyihalari ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari tadbirkorlarning loyihalari, muammo va takliflari bilan tanishib, faoliyatni kengaytirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, mas’ullarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlash, loyihalarni amalga oshirish va kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish vazifalari yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun