Qamrov oshiriladi

Date:

Yosh avlodga chuqurlashtirilgan bilim berish, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarni o‘rgatishga qaratilgan o‘quv kurslari ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘nalishda Surxondaryo viloyatida qator samarali natijalarga erishilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida tashkil etilgan “Smart ID” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Ayni paytda markaz 7 ta filial orqali 10 ta yo‘nalishda 1 700 nafarga yaqin yoshlarni qamrab olgan. Qayd etilishicha, 2024-yilda tayyorlangan abituriyentlarning 98,5 foizi, 2025-yilda esa 100 foizi oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan.

Viloyat rahbari o‘quv markazi faoliyatini yanada kengaytirish, maktablar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, olis va chekka mahallalarda ham filiallar tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi hamda mas’ullarga zarur ko‘mak ko‘rsatish vazifasini yukladi.

Shundan so‘ng, Boysun tumanidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish masalalari muhokama qilindi. Taqdimotda mavjud muammolar, yetishmayotgan binolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Qamrov darajasini oshirish maqsadida bog‘chalar imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shimcha binolar qurish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...

Ota ismini familiya sifatida beradimi?

Yangi qonun loyihasida ota ismini bolaga familiya sifatida berish...

“DMed” axborot tizimi to‘liq joriy etiladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida 1-son politexnikum...
KunTun
KunTun