Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyat filiali faoliyati hamda filial uchun barpo etilayotgan yangi binodagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda filial tomonidan 13 ming nafardan ortiq fuqaro tashkiliy tartibda xorijga ishga joylashtirilgan. Asosan Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Germaniya davlatlariga yo‘naltirilgan fuqarolar uchun xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda kasb va xorijiy tillarga o‘qitish loyihalari ham amalga oshirilmoqda. Filial rahbari 2025-yil yakunlari va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi.

Viloyat hokimi fuqarolarni xorijga yuborishda ularning huquq va manfaatlarini to‘liq ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar va tillarni o‘rgatishni kuchaytirish hamda yangi bino qurilishini sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Termiz shahrida faoliyati tiklanayotgan ishlab chiqarish korxonalari va beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalaridagi ish jarayonlari o‘rganildi. Loyiha faoliyatini kengaytirish va tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlarga sovg‘alar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun