42 ta xonadon foydalanishga topshirildi

Date:

Aholini sifatli turar joy bilan ta’minlash dasturi doirasida o‘tgan yilda Sariosiyo tumanida 18 ta 566 xonadonli turar joylar barpo etilishi belgilangan bo‘lib, qurilishi yakunlangan uy-joylar bosqichma-bosqich o‘z egalariga topshirilmoqda.

Xususan, “Lutfkor” mahallasi “Yangi O‘zbekiston” massivida “Makro Global Story Invest” MCHJ tomonidan barpo etilgan yetti qavatli turar joydagi 42 ta xonadon foydalanishga topshirildi. Yangi O‘zbeksiton massivida qad rostlagan ushbu uy-joylar barcha zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlar, zarur muhandislik kommunikatsiyalari va qulay infratuzilma bilan ta’minlangan.

Yangi turar joy majmuasi zamonaviy talablarga mos loyihalashtirilgan bo‘lib, infratuzilma, yo‘l-yo‘laklar, bolalar maydonchalari va yashil hududlar bilan ta’minlangan. Mazkur loyiha aholi turmush darajasini oshirish, uy-joy bilan ta’minlash borasidagi izchil islohotlarning amaliy natijasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun