“Yoshlar bog‘i” barpo etilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda viloyatning barcha tumanlarida “Yoshlar bog‘i” loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Angor tumanida viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Tadbir davomida 1000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi va yangi yashil hudud barpo etildi.

Ushbu xayrli tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari hamda Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, tuman bo‘lim rahbarlari, yoshlar yetakchilari va volontyorlar bilan birgalikda daraxt ekish ishlarida faol qatnashdilar.

Yashil makonlar — sog‘lom hayot va farovon kelajak poydevoridir. Bu kabi tashabbuslar yurtimizda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun