Esda qolarli sayohat

Date:

“Yoshlar turizm haftaligi” doirasidagi reja asosida joriy yilning 7-yanvar kuni Sherobod tumanidagi 56-umumta’lim maktabining 9–10-sinf o‘quvchilari ishtirokida mazmunli sayohat tashkil etildi.

Sayohatning asosiy maqsadi o‘quvchilarning qishki ta’til davrini samarali o‘tkazish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ularda Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i” hamda Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurib, yurtimiz tarixi, madaniy merosi va Vatan himoyachilariga oid ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur sayohat o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun