Tayyorgarligi baholandi

Date:

Sportning gandbol turi bo‘yicha U-14 yosh toifasidagi o‘smirlar va o‘smir qizlar jamoalari o‘rtasida viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa joriy yilning 16–22-yanvar kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan U-14 o‘smirlar va o‘smir qizlar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda viloyat terma jamoasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Viloyat kubogi bellashuvlari davomida iqtidorli va salohiyatli gandbolchilar saralab olinib, ularning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi baholandi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, eng munosib sportchilar viloyat terma jamoasi tarkibiga jalb etilib, O‘zbekiston kubogida viloyat sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir yoshlar o‘rtasida gandbol sport turini rivojlantirish, sportchilarning mahoratini oshirish hamda respublika musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun