QR-kod — qulay to‘lov, oson tanlov

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 14-noyabrda biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan navbatdagi yangi farmon imzolandi.
Mazkur Farmon Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, biznesni boshlashda davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish, ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashni nazarda tutadi.
Farmonga muvofiq, tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlari yillik 90 milliard so‘mgacha qisqartiriladi, davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda esa 15 kungacha vaqt tejalishi ta’minlanadi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtning o‘zida elektron raqamli imzo olish, bank hisobvaraq ochish, litsenziya yoki ruxsatnoma uchun ariza topshirish, QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish, onlayn kassa apparatlarini xarid qilish hamda rahbarni “Yagona milliy mehnat tizimi”da hisobga qo‘yish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirkorlar ushbu xizmatlardan ixtiyoriy ravishda foydalanadi va tanlangan xizmatlar uchun yagona
QR-kod orqali to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomi bilan faoliyat yuritishga ruxsat beriladi. Tadbirkorlik subyektlarining asosiy ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, litsenziya va ruxsatnoma hujjatlariga qo‘shimcha murojaatlarsiz, avtomatik tarzda o‘zgartirish kiritiladi.
Litsenziyalash va ruxsat berish sohasida huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxsga jarima qo‘llanilganda, uning mansabdor shaxslarini qo‘shimcha ma’muriy javobgarlikka tortish amaliyoti bekor qilinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan mutanosib va adolatli yondashuvni ta’minlaydi. Bundan tashqari, litsenziya yoki ruxsatnoma olishdan oldin ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati joriy etilib, tadbirkorlarga talablarga muvofiqlikni oldindan baholash imkoniyati yaratiladi.
Farmon ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Uning amalga oshirilishi Adliya vaziri tomonidan shaxsiy nazoratga olingan bo‘lib, umumiy muvofiqlashtirish va nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur Farmon tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlar ishonchini mustahkamlash va biznes muhitini yanada jozibador qilishga qaratilgan muhim islohot hisoblanadi.

Shavkat Yaxshiqulov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining viloyat sho‘basi yetakchi inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun