Inson omili aralashmaydi

Date:

“O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati viloyat bosh boshqarmasida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mamaradjabov, Termiz Amaliyot BXM boshliqlari bevosita hamda barcha BXM, BXO rahbarlari va xodimlari videokonferensiya orqali ishtirok etdi. Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar dolzarbligi hamda amalga oshirilayotgan ishlar borasida to‘xtalib o‘tildi.
So‘zga chiqqanlar korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda “O‘zmilliybank” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” ishlab chiqilganligi, ushbu siyosat bankda korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari hamda bu boradagi xodimlarning vazifalari aniq aks ettirilganligi to‘g‘risida fikr yuritdilar.
Barcha xodimlar, jumladan, yangi ishga qabul qilinayotganlar korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha avtomatlashtirilgan SAP (Success Factors Learning Management System) tizim orqali o‘qitilib, malakasi oshirilayotir, Ma’naviyat-ma’rifat soatlarida ham xodimlarga tegishli tushunchalar berilayotir.
Bank operatsiyalari elektron tizim orqali inson omili aralashmagan holda amalga oshirish joriy etilgan. Ayniqsa, mijozlar uchun tashkil etilgan “Ishonch telefonlari” orqali xizmatlar sifati, xodimlarning muomala munosabati yuzasidan murojaat qilishlari mumkinligi qulay imkoniyat deyish mumkin.
Shuningdek, tadbirda bank mas’ullari va huquq-tartibot idoralari vakillari xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Bobur Mamaradjabov,
“O‘zmilliybank” AJ viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i
Burhon Xakimov,
Korrupsiyaning oldini olishni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qulay, ochiq va shaffof

Bandixon tumanida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va davlat xizmatlari sifatini...

Jarqo‘rg‘onda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasi kengaytiriladi

Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hududlar iqtisodiy...

“Mehr daftari”: 68 nafar yosh qo‘llab-quvvatlandi

Angor tumanida “Mehr daftari” doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan...

Yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zbekiston – Xitoy” xalqaro investitsiya forumi doirasida Surxondaryoga tashrif...
KunTun
KunTun