Kuz-qish shtabi faoliyati o‘rganildi

Date:

Aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kuz-qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish masalalari davlat siyosati darajasida ustuvor vazifa etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat FVB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Shukurov tomonidan hududlardagi bir qator tumanlarda tashkil etilgan kuz-qish mavsumi bo‘yicha Shtablari faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida tuman FVB bo‘limlari, mahalliy hokimliklar hamda tegishli idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, issiqlik ta’minoti tizimlari, yonilg‘i zaxiralari, ehtimoliy favqulodda holatlarga tezkor javob qaytarish kuch va vositalarining shay holati ham ko‘zdan kechirildi. Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, yong‘in va boshqa mavsumiy xavflarni oldini olishga qaratilgan profilaktik va tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, elektr tarmoqlari va yoritish vositalarining holati, pirotexnika vositalaridan foydalanishga doir cheklovlar hamda navbatchilik xizmatlarining tayyorgarlik darajasi alohida tahlil qilindi.

Viloyat FVB boshlig‘i tomonidan tumanlardagi shtablar faoliyatiga o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Yangi yil bayrami davrida kuchaytirilgan xizmat rejimida ishlash, ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Zulfiya Sohibova,

Viloyat FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun